Alyaskaning tub aholisi o'z madaniyatini tiklamoqda. - 2004-11-18

Kodiak oroli, turli millat vakillarini o’ziga jalb eta olgan va g’ayrioddiy manzaralarga boy hududdir.

Alyaskaning bu oroli fillipinliklar, skandinaviyaliklar, hatto kanadalik ayrim san’at vakillarining makoni.

Orol ko’plab chet elliklarni o’ziga qaratdi, ammo tub aholi aziyat ostida qoldi.

AQShda kattaligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan mazkur orolni birinchi bo’lib, yetti ming yil ilgari Aluytiklar kashf etishgan.

Aluytiklar tarixchisi Sven Haakanson shunday hikoya qiladi: "Ular yetti yarim asr ilgari yashb o’tgan qabiladir. Aluytiklar bu muhitda, ish qurollari yoki biz ayni paytda ega bo’lgan imkoniyatlarsiz hayot kechirishgan. Aytmoqchimanki, hayot ulardan ko’p narsa talab qilgan."

Hozirga kungacha yetib kelgan aluytiklarning avlodlari Kodiak orolida ota-bobolari tarixini amaliy tajribalar yordamida o’rganishadi.

Ruslar bu mintaqaga 18 asrda qadam qo’yishgan. Orolga xos dengiz mushugining mo’ynasi katta daromad manbai edi.

Shuningdek, Kodiak baliqlari ham juda noyob jonivorlar bo’lgan. Natijada, aluytiklar madaniyatiga putur yetib, urush va kasalliklar sabab, ularning ko’pi qirilib ketdi.

Vaqt o’tishi bilan orolga baliq’chilik maqsadida kelgan odamlarning tub aholiga nisbatan munosabati ijobiylashdi.

"Bizning maqsadimiz tarixdan uzoqlashish emas, balki uning saboqlarini anglash, uni yosh avlodga o’rgatishdir. Biz, qarang, bu muhim, buni bilish bizning hayotimiz uchun ahamiyatli, deymiz. Bolalar kimliklari bilan faxrlanishadi. Men bolaligimda bunday tuyg’udan mahrum edim," deydi Haakanson.