Simman nafas oladi, sezadi va gapiradi. Uni, bir so’z bilan odam deyish mumkin. Lekin, haqiqatda, u insonmas - tibbiy manekendir.
"U fazo texnologiyasiga asoslangan holda yaratilgan," deydi tibbiyotchi-olim Jo' Huyz.
Janob Hyuz fazogirlarning kiyim-boshi bo'yicha mutaxassis. U hozirda hamshiralarga Simman manekeni bilan ishlashni o'’rgatyapti. Simman singari manekenlar o'tgan yillar mobaynida yanada takomillashdi va endilikda, insoniy xususiyatlarga va sezish qobiliyatiga ega.
"Uni davolasa bo'ladi. U, ham normal, ham no-normal nafas olish qobiliyatiga ega. Bu degani, turli dorilarga turlicha reaktsiya beradi," deya izohlaydi olim.
Simmanning tomog'i shishishi va ovozi bo'g'ilib qolishi mumkin. Ba'zida nafas yo'llari bekilib qoladi; yuragi huruj beradi; hatto hushini yo'qotadi. Bundan damlarda uni hushiga keltirish mumkin. Uni, haqiqiy bemordek, tibbiy ko'rikdan o'tadi. Uning tanasida insonga xos barcha qismlar bor.
Gap shundaki, shifokor va hamshiralarning noto'g'ri muolajaasi sabab, AQSh bo'ylab yiliga ellik mingdan ziyod bemor hayotan ko'z yumadi. Bu sun'iy insonlar, ya'ni maneken-bemorlar yordamida odamlarni ana shunday tibbiy xavflardan saqlab qolish mumkin.
Xato erta aniqlanib, darhol tuzatiladi, deydi Vashington shahar tez yordam xizmati xodimi Nik Kelli.
" Muolajaa, to'g'ridan-to'g'ri tirik insonda emas, avval manekenda sinab ko'riladi va xulosaga asoslanib, ish tutiladi."
Lekin bu texnologiya tibbiyot xodimlarini haqiqiy insonlardan, joni og'riyotgan kishilardan uzoqlashtirmaydimi, deya ajablanayotganlar bor.
Bu xavotirga javoban, tez yordam hasshirasi shunday deydi: "Maneken hech qachon inson o'rnini bosa olmaydi."
O'g'ir va dahshatli jarohatlarni ilk bor odamdamas, manekenda ko'rish tibbiyot talabasini ortiqcha qo'rquv va vahimadan asraydi, deydi o'qituvch Tom Jarman.
"Agar ularni shunday mashg'ulotlar orqali haqiqiy holatlarga tayyorlamasangiz, tajribasiz tibbiyotchi ishida boy berishi mumkin. Ular, favqulodda holatlarda ishlay olmaydilar. Chunki, ba'zida manzara juda qo'rqinchli bo'lishi mumkin."
Hozirgi kunda AQShdagi tibbiyot oliygohlarining ko'pchiligida, ilmiy tajribalar uchun, mana shunday qalbaki bemorlar qo'llaniladi.