Keksa haydovchilar - hushyor haydovchilarmi?

83 yoshli akademik Donal Makkorkuodeyl 60 yildan beri mashina haydaydi. Lekin, keyingi paytda o'zini rulda avvalgidek xushyor tutmayapti. "U yaxshi haydovchi,"- deydi rafiqasi, "ammo, ko'zi biroz xiralashgan."

Ba'zi keksa haydovchilarning ogoh holda hayday olmasligi Amerikadagi dolzarb masalaga aylangan. AQSh Avtomobil Uyushmasi yoshi ulug' fuqarolarning haydash malakasini oshirish maqsadida ularga maxsus kurslar taklif qiladi. Keksalar uyda, yaqin bir kishilari yordamida haydashni mashq qiladi.

"Xuddi qon bosimingizni tekshirib turganingiz kabi, mashina haydashni esdan chiqarmaslik uchun oddiy haydovchilik sirlarini o'rganish taklif etiladi,"-deya tushuntiradi uyushma vakili Bella Din-Zar.

Keksa yoshdagi amerikaliklar, boshqa yoshdagi haydovchilarga qaraganda, yo'l harakatida eng ko'p xatoga yo'l qo'yib, eng ko'p halokatga sabab bo'luvchi guruh hisoblanadi. AQShning sakkiz shtati va poytaxt Vashingtonda ular uchun maxsus guvohnoma beriladi.

"Men ko'makka muhtojman,"- deydi janob Makkorkuodeyl, "Men masofani aniq ko'ra olmayman. Xotiram ham pand beradi."

Endilikda bu otaxon faqat kunduz kuni, mahalla atrofida haydaydi, xolos. Haydovchilik saboqlarini esa rulda emas, kompyuter oldida o'tirib, qayta o'rganyapti.