Aziz do'stlar,
Ko'rsatuvlarimiz sifatini tobora yaxshilab borishimizda, tabiiyki, sizlarning bebaho fikr va mulohazalaringiz bizga juda qo'l keladi.
Teledasturlarimizda qanday mavzular yoritilishini istar edingiz? Internet sahifamizda-chi?
Bu borada bitilgan maktub va qo'ng'iroqlaringizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz.
Faol tomoshabin va o'quvchilarimizni Amerika Ovozi Televideniesining maxsus sovg'asi kutadi.
Eslatib o'tamiz, ko'rsatuvlarimiz quyidagi vaqtlarda havoga uzatiladi:
"Amerika Manzaralari" turkumi ostidagi 30 daqiqalik haftalik dasturimiz har dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da, 10 daqiqalik ko'rsatuvimiz esa seshanbadan shanba qadar har kuni ertalab 9:20 da ASIATSAT-2 yo'ldoshining 340 yoki 370-kanallari orqali namoyish etiladi.
Ularni Internet orqali tomosha qilish uchun quyidagi sahifaga kiring: http://www1.voanews.com/Uzbek/webcasts.cfm yoki chap tomondagi qatordan o'rin olgan Ko'rsatuvlar tugmasini bosing.
Manzilimiz esa quyidagicha:
VOA UZBEK SERVICE
330 Independence Avenue SW
Room #2141
Washington, D.C. 20237 USA
Tel: (202) 619-7566 / (202) 619-3565
Faks: (202) 260-3498
E-mail: uzbek@voanews.com