Abe, Tramp Shimoliy Koreya, savdo, o'g'irlangan asirlarni muhokama qiladi

  • Amerika Ovozi

Ikki rahbarning Tokiodagi uchrashuvi, 6-noyabr, 2017-yil

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe 17-18-aprel kunlari AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uning Florida shtatida joylashgan Mar-a-Lago oromgohida ko’rishadi. Bu ikki rahbarning so’nggi bir yilda uchinchi uchrashuvi bo’ladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 16-aprel, 2018-yil - Abe Tramp bilan Floridada uchrashadi

Yaponiya Vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yoshixide Suga Tramp va Abe nima haqida gaplashishini ma’lum qildi.

“Tomonlar o’zaro savdo, Shimoliy Koreya raketa va yadro dasturlari, yapon asirlarining o’g’irlanishi kabi mavzularni muhokama qilishi kutilmoqda”, - dedi u.

O’tgan oy Tramp Yaponiya va boshqa mamlakatlarning alyuminiy va po’lat eksportlariga savdo cheklovlarini qo’ydi. Tokio tariflarni bekor qilishni so’ramoqda.

“AQSh Yaponiyani ikki tomonlama savdoga ko’ndirishga harakat qilyapti, lekin bu oson emas”, - deydi Tokio xalqaro universiteti professori Xajime Izumi.

Gap shundaki, Yaponiya Trans-Tinch okeani sheriklik tashkilotiga a’zo 10 davlat bilan mintaqaviy bitim imzoladi. Shu sabab Tokio AQSh bilan ikki tomonlama shartnomaga ko’nmasligi mumkin. Qo’shma Shtatlar bu tashkilotdan chiqgan va Abe Trampni unga qaytishga ko’ndirib ko’radi. O’tgan hafta Tramp tegishli mutasaddilarga tashkilotning AQShga foydasini o’rganib chiqishni buyurdi.

Tramp va Abe Shimoliy Koreya raketa dasturi xususida ham gaplashadi. Shimoliy Koreyaning uzoq masofali ballistik raketalari AQShni xavotirga solmoqda. Tramp bu mamlakat rahbari Kim Chen Un bilan may oyida uchrashishi mumkin. Yaponiya muzokaralarda nafaqat uzoq masofali, balki boshqa turdagi qurollar bo’yicha ham gaplashishni taklif etmoqda.

“AQShni uning hududini mo’ljalga olgan qit’alararo ballistik raketalar tashvishga solyapti, Yaponiyani esa 1300 kilometrgacha uch oladigan o’rta masofali raketalar. Bunday qurollar Yaponiyaning katta qismi, poytaxt Tokioni nishonga oladi”, - deydi yaponiyalik yana bir siyosatshunos olim Narushige Michishita.

Ba’zi kuzatuvchilarga ko’ra, Kim Chen Unning o’tgan oy Xitoyga Prezident Si Zinpin bilan uchrashgani borgani uning Vashington bilan kelajak muzokalardan oldin asabiylashayotganidan dalolat.

“Agar hech bir diplomatik harakat ish bermasa, AQSh qattiqroq choraga qo’l urishi, hatto Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy kuch ishlatishi mumkin. Ana shuning ehtimoli Pxenyanni tashvishga solmoqda”, - deydi Tashqi siyosat instituti direktori Kunixiko Miyake.

Yaponiyalik kuzatuvchilarning aytishicha, Shimoliy Koreyani yadro quroli dasturidan qaytarish oson va tez jarayon emas. Tramp va Kim uchrashadigan bo’lsa ham, Pxenyan yadro dasturini yopishga rozi bo’lsa ham.

“Yadrodan xoli bo’lishning AQSh uchun ma’nosi Shimoliy Koreyani yadro qurollaridan ayirish bo’lsa, Xitoy va Pxenyan uchun ma’nosi AQShning Koreya yarimorolidan chiqarish demakdir”, - deydi Miyake.

Abe Tramp bilan uchrashuvda Shimoliy Koreya tomonidan o’tmishda o’g’irlangan yapon fuqarolari taqdiri xususida ham gaplashishi mumkin. Bu masala Yaponiya uchun Shimoliy Koreya yadro dasturi kabi o’ta muhim hisoblanadi.