Afg'onistondagi xurujda kamida 25 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston

Yakshanba oqshom Afg'oniston sharqidagi Xost viloyatida bir odam o'zini xavfsizlik punkti yonida portlatib, kamida 25 odamni, jumladan bolalar va ayollarni, o'ldirgan.

Viloyat politsiya boshqarmasi boshlig'i general Fayzulla G'ayratning aytishicha, aksariyati oddiy fuqarolari, bir necha odam jarohat olgan. Xost Pokiston bilan chegaradosh bo'lib, xuruj Amerikaga qarashli harbiy baza yonida ro'y bergan.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot chiqarib, xurujni qoralagan.

Juma kuni sharqdagi Nangarhor viloyatida pilotsiz samolyot hujumida "Islomiy davlat"ning Afg'onistondagi rahbari Hafiz Said Xon o'lgan edi. Hujumda yana 30 jangarining yo'q qilingani ma'lum.

Afg'on razvedkasi vakili Hasib Sidiqiyning aytishicha, voqea Achin tumanida ro'y bergan. O'tgan hafta guruhning yana ikki qo'mondoni o'ldirilgan edi, deydi u.

“Endi ularning faoliyati ancha susayadi", - dedi Sidiqiy.

Rasmiyga ko'ra, Said Xonni yo'q qilish uchun afg'on kuchlari drondan foydalanishga qaror qilgan.

"Bu bilan talafotning oldi olindi va nishonga aniq ola bildik", - dedi u.

"Islomiy davlat" Nangarhorda kuchga to'layotgan edi. Afg'onistondagi ayrim jangarilar guruhga qo'shilishga qaror qilgan.