Afg’onistonda parlament saylovlaridan oldin tashviqot avjida

Afg’onistonda 20-oktabrga belgilangan parlament saylovlaridan oldin targ’ibot va tashviqot ishlari davom etmoqda. Bu galgi saylovda 4621 nomzod ro'yxatga olingan, jumladan 551 nafar ayol. Mustaqil saylov komissiyasi saylovlar shaffof o’tkazilishi uchun jiddiy chora-tadbirlar ko’rilganini ma’lum qilmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'onistonda saylov kampaniyasi davom etmoqda

Saylov texnologiyalaridan foydalanish, biometrik qurilmalar bilan ovoz beruvchilar barmoq izlarini yozib olish soxtakorlikning oldini olish uchun ko’zlangan rejalardan biri.

Siyosiy partiyalar Mustaqil saylov komissiyasidan saylov kuni biometrik qurilmalarni internetga ulashni, ro’yxatdan o’tmagan saylovchilar uchun ovoz berishga imkon yaratishni so’ramoqda.

“Amerika Ovozi” Juzjon viloyatidan deputatlikka nomzodlar biri Junaydulla Muboriz bilan gaplashdi. Nomzod nazarida, xalqda saylov shaffof o’tkazilmasligi mumkin degan tashvish hanuz kuchli.

Unga ko'ra, Mustaqil saylov komissiyasi demokratiyaning asosiy ustunlaridan bo’lgan bu jarayonni himoya qilishi kerak.