Afg'on rasmiylarining ma'lum qilishicha, Tolibon O'zbekistondan keladigan elektr tarmog'ini portlatib, bir necha viloyat, xususan, Kobulni elektr tokisiz qoldirgan.
Milliy energetika kompaniyasi raisi Mirvois Alimiyning aytishicha, Bag'lon viloyatida kechasi yuz bergan hujumda bir necha elektr simyog'ochiga jiddiy zarar yetgan. Shuningdek, hudud minalashtirilgani bois afg'on xavfsizlik kuchlari kelib, xavfni bartaraf etmaguncha, kompaniya xodimlari ta'mirlash ishlarini boshlay olmagan.
Xuruj natijasida poytaxt Kobul uchun kerakli 650 megavatt elektr tokining 280 megavatti uzilib qolgan.
Elektr tarmoqlariga hujum afg'on askarlari Bag'lon viloyatining Tolibonga boy berilgan poytaxti Puli Kumri shahrini qaytarib olish uchun amaliyot boshlagan bir paytda ro'y berdi. Mahalliy rasmiylarning aytishicha, to'qnashuvlarda kamida 20 odam o'lgan, aksariyati jangarilar.
Shuningdek, Hilmand viloyatida minalarni zararsizlantirayotgan to'rt mutaxassis Tolibon hujumiga uchrab, halok bo'lgan.