Saida E’tiboriy - zargar. U Pokiston qochoqlar lageridan Vashingtondagi Smitson Instituti ko’zgazma zaliga yetguncha hech kimga o’xshamagan yo’lni bosib o’tgan. Saida nafaqat nogiron, oddiy ayollarga jamiyatda kam imkoniyat beriladigan, qolavversa erkaklar ustuvor bo’lgan jamiyatda o’sgan yoshlardan.
Your browser doesn’t support HTML5
Saida E’tiboriy chaqaloqligida miningit bilan og’rib, oqibatda eshitish qobiliyatin yo’qotgan, gapirmaydi. Maxsus ishoralar orqali muloqot qiladi. Saida maktabni bitirib, qimmatbaho zargarlik buyumlari yasashni o’rgangan va ularni onlayn do’konda sotadi.
“Akam “Turkuaz tog’i” tashkiloti haqida aytib qoldi. Imtihon topshirib o’tganimdan keyin zargarlik treyninglarida qatnashdim”, - deydi Saida E’tiboriy.
Britaniyada asoslangan “Turkuaz tog’i” xayriya tashkiloti afg’on madaniy merosini tiklash maqsadida Afg’onistonda ish boshlagan.
Tashkilot o’tgan yili Smitson Institutida afg’on merosini targ’ib qiluvchi ko’rgazma o’tkazdi. Unda Saida yasagan taqinchoqlar ham qo’yildi.
“O’sha ko’rgazmaga o’zim ham borganman. Turli davlatlardan mehmonlarni uchratganman. Ularga qaerdan ekanim, zargarlikni qanday o’rganganim, shu kungacha bosib o’tgan yo’lim qiziq bo’lgan”, - deydi u.
Saida E’tiboriy ko’p mehnat talab qilsada, murakkab ishlangan naqshlar yaratishni yoqtiradi. Taqinchoqlar uni insoniyat bilan bog’lab turadi.