Afg'on parlamenti ayollarni zo'ravonlikdan himoya qiluvchi qonun qabul qilmaydi

  • Amerika Ovozi

Kobul

Afg'oniston parlamenti xotin-qizlarni zo'ravonlikdan himoya qiluvchi qonun loyihasini hozircha ko'rib chiqmoqchi emas.

Ayollar huquqlari uchun kurashayotgan tashkilotlar nazarida bu doimiy azobda yashayotgan, ayniqsa Tolibon davrida toptalgan onalar va qizlarga yana bir zarba.

Tolibon qizlarni o'qitmaslik va ayollarni ishlatmaslik yo'lidan borgan bo'lsa, bugungi konservativ kuchlar fikricha xotin-qizlarga kengroq erkinlik berish islomga ziddir.

Taqvodorlar qonun loyihasidagi ayrim joylarni olib tashlashni talab qilmoqda.

Hujjatning hozirgi ko'rinishida majburiy nikoh man etiladi va voyaga yetmagan qizlarni uzatish yoki ularga uylanish taqiqlanadi.

Bu kabi harakatlar jinoyat deb belgilanadi. Ba'zi qonunchilar ta'biricha bunday qarorlar qabul qilish islomiy jamiyatga to'g'ri kelmaydi.

Konservativ guruhlar qarshi chiqayotgan yana bir band shuki, "baad" - xotin-qizlarni mulkka almashish yoki biror bir mojaroni hal etish uchun ulardan foydalanish amaliyotiga chek qo'yiladi.

2009-yilda prezident Hamid Karzay ayollarga nisbatan zo'ravonlikni qoralab, maxsus farmon bergan edi.

Endigi xavotir shuki, yangi prezident yuqoridagi qonunni bekor qilishi mumkin. Shu bois ayol deputatlar yangi va kuchliroq bir hujjat qabul qilinishi uchun harakat qilmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Afg'onlar: "Urushni o'zimiz tugatishimiz kerak"/Taliban Negotiations


Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Afg'onistondan chiqishni tezlashtiradi/Afghanistan US exit