Abdulla ovozlarni hisoblash jarayonidan norozi

  • Amerika Ovozi

14-iyunda saylovning ikkinchi bosqichida to’plangan sakkiz million ovozlarni qayta hisob-kitob qilish ishlari deyarli tugab qoldi.

Afg’onistonda prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla prezident saylovlarining ikkinchi bosqichida berilgan ovozlarni hisoblash jarayonini tark etmoqchi. Bu esa shundoq ham ziddiyatli siyosiy vaziyatni og’irlashtirishi mumkin.

Abdullaning aytishicha, uning nazarida soxtalashtirilgan ovozlarni bekor qilishga saylov komissiyasi rozi emas.

U BMT boshchiligida o’tayotgan ovozlarni qayta sanash jarayonini “maynavozchilik” deya rad etayapti.

14-iyunda saylovning ikkinchi bosqichida to’plangan sakkiz million ovozlarni qayta hisob-kitob qilish ishlari deyarli tugab qoldi.

Fuqarolar Abdulla Abdulla va Ashraf G’ani o’rtasida tanlashi kerak edi. Dastlabki hisoblarga ko’ra, poygada G’ani oldinda, biroq Abdulla buni tan olgisi yo’q.

Qo’shma Shtatlar tugal natija shu oy e’lon qilinib, Afg’onistonda yangi prezident ishga kirishadi degan umidda.