Afg’oniston poytaxti Kobulda Tolibon jangarilari politsiya karvoniga hujum qilib, 30 kishi o’lgani ma’lum.
Talafotlar oshishi mumkin, deydi rasmiylar. Voqeada 50 odam jarohat olgan.
Tolibon politsiya akademiyasi bitiruvchilarini olib ketayotgan avtobuslarni nishonga oldi. Ma’lumotlarga ko’ra, birinchi hujumdan so’ng qutqaruv xizmatlari yetib kelgach, ikkinchi bomba portlatgan.
Tolibon xurujni uyushtirgani haqida bayonot berdi. Harakat so’zlovchisi Zabihullo Mujohidga ko’ra, bomba bilan to’ldirilgan mashinalar ishga solingan.