General Martin Dempsi Afg'onistonda askar qoldirmaslikka qarshi

  • Amerika Ovozi

Martin Dempsi Afg’onistonda mutlaqo askar qoldirmaslik taklifini yoqlamaydi. U bu haqda kecha Kobulda prezident Hamid Karzay va mahalliy harbiylar bilan uchrashuv chog’ida so’zladi.

Afg’oniston sharqidagi portlashlarda NATOning uch askari halok bo’lgan. Mahalliy rasmiylar so’zlariga ko’ra, voqea Vardak viloyatida ro’y bergan.

Xalqaro alyans buni tasdiqlagan, ammo o’lganlar qaysi davlat fuqarolari ekanini ma’lum qilmayapti.

Bu orada, AQSh generali Martin Dempsi Kobul va Vashington shu yilning oktabriga qadar strategik kelishuv imzolashiga ishonchi komil.

Hujjat 2014-yilning 31-dekabrida koalitsiya Afg’onistondan butunlay chiqib ketgach, Amerikaning harbiy roliga aniqlik kiritishi kutilmoqda.

Hozirgi mavhumlikka imkon qadar tez chek qo’yish lozim, deydi general. AQSh bilan shartnoma ma’qullangach, NATO ham Kobul bilan shu mazmunda hujjat imzolaydi.

General Afg’oniston armiyasi va politsiyasi kuchga to’lib borayotganidan mamnun. Biroq rivojlanish to’xtashi, yutuqlarni qo’ldan boy berish xavfi bor, deb hisoblaydi amerikalik harbiy.

Martin Dempsi Afg’onistonda mutlaqo askar qoldirmaslik taklifini yoqlamaydi. U bu haqda kecha Kobulda prezident Hamid Karzay va mahalliy harbiylar bilan uchrashuv chog’ida so’zladi.

"Shu bilan birga, masala afg'onlar hukmiga havola - mamlakatda qolish-qolmasligimizni mana shu yurt xalqi hal qiladi", - deydi general.

Martin Dempsining o'g'li va qizi Afg'onistonda xizmat qilgan.

"Bu davlat barqarorligi shaxsan men uchun nihoyatda muhim. Afg'oniston bilan hamkorlikdan, mamlakatni oyoqqa turg'izishdan manfaatdormiz, bu ishga sodiqmiz. Bunga hech shubha qilmang", - deydi AQSh rasmiysi.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh-Afg'oniston orasidagi keskinlik/US-Afghan tensions