Afg’onistonni 12 yildan buyon boshqarib kelgan prezident Hamid Karzay hokimiyatga uchinchi marta da’vo qilish huquqidan mahrum. Ammo kuzatuvchilar fikricha, 56 ga kirgan arbob mamlakat hayotida va tarixida o’ziga xos o’rnini saqlab qoladi.
5-aprelda berilgan ovoz Afg’oniston uchun tarixiy ahamiyatga ega. Tolibon hokimiyatdan ag’darilganidan buyon ilk bor davlat rahbari demokratik yo’l bilan o’zgaradi.
Prezidentlikka nomzod Hidoyat Arsala Karzay hukumatida vazir bo’lib ishlagan. Karzay saylov erkin va adolatli o’tishi uchun qo’ldan kelgan barcha ishni qildi, deydi u.
“Afg’oniston tarixida birinchi marta prezident demokratik yo’l bilan va xalq irodasi bilan almashadi. Karzay buning ro’y berishiga yo’l qo’yganining o’zi katta gap. Hurmatga sazovor. Lekin agar u saylov natijalarini soxtalashtirib, o’z odamini hokimiyatga qo’ymoqchi bo’lsa, bu uning nomini bulg’aydi”.
Karzay boshchiligida qabul qilingan konstitutsiya unga uchinchi marta prezidentlikka da’vo qilishni taqiqlaydi.
Bo’hronlarni o’rganish xalqaro guruhi tahlilchisi Grem Smit:
“Hamid Karzay merosi nihoyatda ijobiy, u demokratiya otasi sifatida tarixda qoladi, holbuki bu mamlakatda demokratiya ilk bosqichda bo’lsa-da. U 1901-yildan buyon birinchi marta hokimiyatni tinch yo’l bilan keyingi rahbarga uzatadi. Albatta, bu nihoyatda ijobiy jarayon”.
Yillar davomida Karzay korrupsiyaga qarshi yetarlicha kurashmayotgani, Tolibonning qayta kuchga to’lishiga yo’l qo’ygani uchun tanqid qilib kelindi. Ammo ayni vaqtda mamlakatning turli elatlarini birlashtirganlikda Karzayning roli beqiyos, deydi kuzatuvchilar.
AQShning Afg’onistondagi sobiq elchisi Zalmay Xalilzod fikricha, prezidentlik davrida xatolarga yo’l qo’ygan bo’lsa-da, Karzay rahbarligida hukumat jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi.
“Prezident Karzay davri ijobiy bo’ldi, deb hisoblayman. Unga nihoyatda murakkab vaziyat meros qolgan edi. Iqtisodiy jihatdan qashshoq mamlakat. Ijtimoiy taraqqiyot, davlat institutlari va turli jamoalar orasidagi munosabatlar og’ir ahvolda edi. Ammo Karzay prezidentligi davrida bu sohalarda jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. U turli jamoalarni birlashtira oldi. Unga qarshi chiqqan odamlarni qamamadi. So’z va fikr erkinligi hurmat qilindi,” - deydi u.
Maktablar qayta ochildi, xotin-qizlar uchun imkoniyatlar kengaydi, davlat idoralari ishlab turibdi. Ammo muammolar ko’p. Korrupsiya, samarasiz hokimiyat hamda qashshoqlik odamlar orasida Tolibonga ishonchni kuchaytirishi mumkin.
Prezidentligining so’nggi yilida Karzay AQShdan ancha uzoqlashdi, vaholanki aynan Vashington uning hokimiyat cho’qqisiga chiqishiga yordam bergan edi. 2014-yil oxirida xalqaro qo’shinlar Afg’onistondan olib chiqilganidan keyingi vaziyatni belgilovchi xavfsizlik shartnomasi ham uning qarshiligi sababli haligacha imzolanmagan.
Karzay bu masalani yangi prezident hal qiladi, deydi.
Your browser doesn’t support HTML5