Tolibon saylovchilarga nisbatan tahdidlarini kuchaytirganiga qaramay, rasmiylar millionlab afg’onlarni prezidentlik saylovida faol qatnashishga chaqirmoqda. Ammo ko’plab fuqarolar fikricha, saylovdagi asosiy muammo xavfsizlik emas, balki firibgarliklar bo'ladi.
5-aprel kuni afg’onistonliklar navbatdagi prezidentni saylash uchun ovoz beradi. Nomzodlar orasida uch kishi asosiy da’vogarlar: Jahon bankining sobiq rasmiysi Ashraf G’ani, sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdulloh Abdulloh hamda yana bir sobiq Tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul.
Saylov komissiyasi rasmiylari 12 million fuqaroning saylovda ishtirok etishini taxmin qilmoqda.
Mulla Muhammad Aman ovoz berishda firibgarliklarning ro’y berishidan xavotirda.
“Saylovda haqqoniy yo’l bilan g’alaba qozonadigan har qanday nomzodni qabul qilamiz. Ammo qonunbuzarliklar ro’y berishidan xavotirdamiz. Agar firibgarlik oqibatida saylov ikkinchi bosqichga o’tadigan bo’lsa, allaqachon qon to’kilishidan ko’p aziyat chekkan bu xalq yana zo’ravonliklar domiga tushadi. Biz barcha nomzodlarni odamlar bergan ovozlarni hurmat qilishga chaqiramiz”, - deydi u.
Saylov jarayonida 10 ming mahalliy kuzatuvchi ishtirok etadi.
Kuzatuvchilar soni ko’p bo’lishiga qaramay, ma’lum darajada korrupsiyaning aralashishi aniq va saylovning ikkinchi bosqichi bo’lishi ehtimoli yuqori, deydi Vashingtondagi Amerika tashabbusi nomli institut tahlilchisi Fred Kagan.
“Noroziliklar ko’p bo’ladi. Eng muhimi - oxirgi natijaning hamma tomonidna qabul qilinishi”, - deydi u.
Ovoz berish natijalari 14-maygacha e’lon qilinishi kutilmoqda. Nomzodlar va ularning tarafdorlari, agar firibgarlik alomatlari sezilsa, natijalarni qabul qilmasligi haqida ogohlantirgan.
Shuningdek, tahlilchilarga ko’ra, prezident Hamid Karzay ham saylov natijalariga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin.
Afg’onistonning erkin va adolatli saylov jamg’armasi mutaxassisi Jandad Spingarning aytishicha, yutqazgan nomzodlarning mag’lubiyatni tan olishi qiyin bo'ladi.
“Siyosiy jihatdan, xalqaro hamjamiyat hamda afg’on fuqarolik jamiyati saylov natijalarini qabul qilish shartlari bo’yicha nomzodlarni o’zaro kelishuvga erishishga undashi kerak”, - deydi u.
Joriy saylov Afg’oniston barqarorligi hamda siyosiy-iqtisodiy kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.
Xavfsizlik borasidagi xavotirlar bois rasmiylar 7200 saylov uchastkasidan 750 tasini yopgan. Xavfsizlikni ta’minlash uchun saylov kuni 300 ming askar hamda politsiyachi safarbar qilinmoqda.