BMT Afg’oniston ahlini ovoz berishga undadi

  • Amerika Ovozi

Ovoz berish qutilari manzilga eltilmoqda. Mozori Sharif, Afg'oniston.

BMT bosh kotibining maxsus vakili Yan Kubis Afg’oniston fuqarolarini prezident saylovlarida ovoz berishga chaqirayapti. Shu shanba mamlakat yangi rahbarni saylashi kerak.

Xavfsizlik bilan bog’liq vaziyat yaxshilangan, deydi Kubis. Imkoniyatdan foydalanib saylovda qatnashing. To’g’ri, hujumlar ehtimoli bor, biroq mudofaa bobida katta ishlar qilindi, deydi BMT rasmiysi.

Hech kim Afg’oniston ahlini saylash huquqidan ayira olmaydi, deydi Yan Kubis.

Biroq portlash va hamlalar jamoatchilik orasida vahimani kuchaytirgan. Kobulda kecha bir odam o’zini portlatib, olti politsiyachini o’ldirgani ma’lum.

Guvohlarning aytishicha, portlash Ichki ishlar vazirligi yonida sodir etildi. Bunaqada odamlar saylov uchastkasiga borishi gumon, deydi ular.

Toliblar tahdidlariga qaramay Afg’oniston mustaqil saylov komissiyasi erkin va adolatli saylovlar o’tkazish qarorida qat’iy.

5-aprel kuni saylovda g’alaba qilgan shaxs prezident Hamid Karzayning o’rniga keladi. Karzay davlatni 12 yil boshqardi.

Your browser doesn’t support HTML5

NATO-Afg'oniston/NATO-Afghanistan