Afg’onistonda prezident saylovlari 2014-yilning 5-aprelida o’tadi, deydi saylov komissiyasi raisi Fozil Ahmad Manaviy. Biror nomzod g’alaba uchun zarur 51 foiz jamlay olmasa, ikki haftadan so’ng yetakchi ikki nomzod navbatdagi bosqichda kuch sinashadi.
Amaldagi rahbar Hamid Karzay prezidentlikning ikkinchi muddatini yakunlayapti va poygada ortiq qatnasha olmaydi.
Jarayon Afg’oniston demokratiyasi uchun sinov deya ko’riladi. 2009-yilgi saylovlar qonunbuzarlik va xatolar bilan yodda qolgan edi.
Yevropa Ittifoqi saylov komissiyasi xabarini iliq qarshiladi. Rasmiy Kobul siyosiy irodasini namoyish etmoqda, deb hisoblaydi ittifoqning Afg’oniston bo’yicha vakili Vigaudas Usakas.
Yevropa jarayon xolis va oshkora o’tishi, natijalar qonuniy bo’lishidan umidvor, dedi rasmiy.
Mahalliy hukumat organlariga ham saylovlar 5-aprelga belgilangan. Fozil Ahmad Manaviy isyonchilarni, jumladan, toliblarni qurolini tashlab, ovoz berishga xalaqit bermaslikka undadi.
Xalqaro koalitsiya Afg’onistonni 2014-yilda tark etishi kutilmoqda.
Bugun Hilmand viloyatida ikki portlash 11 fuqaroni hayotdan olib ketgani aytilmoqda.
AQSh va NATOning Afg’onistondagi qo’mondoni, general Jon Allen bugun yo’l yoqasiga mina va bombalar joylash amaliyotini tanqid qilib chiqdi. Bu usul tinch aholi, ayniqsa, bolalar orasida talofatlarga sababchi omillardan, - deydi u.
Your browser doesn’t support HTML5