Afg'on-hind hamkorligi oshishi kutilmoqda

  • Amerika Ovozi

Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx ba Afg'oniston rahbari Hamid Karzay, Dehli, 13-dekabr, 2013

Afg’oniston nazarida Hindiston kelajakda unga ko’p jihatdan madad bera oladi. Prezident Hamid Karzay Dehli va boshqa shaharlarda o’tkazib, bu mamlakat rahbarlari bilan turli jabhalarda hamkorlik qilishga kelishib olish niyatida.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 14-dekabr, 2013


Bosh vazir, prezident va tashqi ishlar vazirlari bilan suhbatda Karzay e’tiborni xavfsizlik va iqtisodga qaratmoqda.

Hindiston Afg’onistonni taraqqiy ettirish uchun milliardlab dollar sarmoya kiritishga rozi. Lekin bu davlat ham Amerika qo’shinlari 2014-yilda chiqib ketgach vaziyat qay tomon o’zgaradi deya xavotirda.

Karzay deydiki, Afg’oniston hali uzoq davr mobaynida tashqi dunyo yordamiga muhtoj bo’ladi. Xavfsizlik kuchlari ancha tetik lekin bu borada ham qo’shni davlatlar uni qo’llashi kerak, xususan Hindiston.