Xalqaro koalitsiya 2014-yilda Afg’onistonni tark etadi. Sana yaqinlashgani sari “mahalliy armiya Tolibonga bas keladimi” degan savol tobora tez-tez yangrayapti. Sobiq afg’on harbiylarining aytishicha, etnik va siyosiy tarqoqlikdan ko’proq qo’rqish kerak.
Afg’oniston armiyasi 184 ming kishidan iborat. Politsiyada 146 ming odam xizmat qiladi.
Bu raqamlarga qarab afg’on qurolli kuchlari ekstremistlar xavfini yenga oladi, deb o’ylash mumkin.
Lekin sobiq harbiylar va mutasaddilarning ogohlantirishicha, 2014-yildan keyin Afg’onistonga xavf soladigan faqat Tolibon va terrorchilar emas. Mahalliy qo’mondonlar yana qurol to’plashga tushgan, bu esa hokimiyat uchun shafqatsiz kurashga aylanishi hech gapmas.
Hukumat, armiya va viloyatlarda mavjud etnik tarqoqlik fojeali oqibatlarga yetaklashi mumkin, deb hisoblaydi ekspertlar. G’azni viloyati sobiq hokimi Shir Xosti.
“2014-yildan keyin qurolli kuchlar tarqalib ketadi degan xavf bor. Chunki armiya safida bo’linish bor. Qaysidir qo’mondonlar shimoldan bo’lsa, hozirdanoq shimol tomonda ko’proq qurol-aslaha jamlashga o’tgan. Bu esa kelgusida jiddiy muammolarga yetaklaydi. Vaziyat qo’ldan chiqmasidanoq chora ko’rish kerak”, - deydi Xosti.
Afg’onistonning aksariyat viloyatlarida toliblar manzillari bor, biroq bosh qarorgohi aholisi asosan pashtulardan iborat janubdadir. Tojik, o’zbek va hazoralar yashovchi shimoliy shaharlarda esa mayda qurolli guruhlar, xususan, sobiq Shimoliy Alyans hukmron.
Kobuldagi harbiy mashq markazi rahbari, general Aminulla Patyaniy so’zlariga ko’ra, armiyaga endi yollanayotganlar har xil millat vakillari.
“Pashtu, tojik, o’zbek, hazora, baluj, nuristoniy – Afg’oniston xalqining har bir farzandi askarlikka o’qishi mumkin”, - deydi general.
Sovet Ittifoqi qo’shinlari 1989-yilda Afg’onistondan ketgach, mamlakat qonli fuqaro urushiga tortilib, elatlar adovati dahshatli tus olgan edi.
Lekin tahlilchilar fikricha, 2014-yildan keyin bu hol takrorlanadi deyish noto’g’ri. Afg’onistonda fuqaro institutlari nisbatan mustahkam, bundan tashqari, Amerikaning 10 ming askari mamlakatda qolishi kutilmoqda. Armiya qanchalik jips ekani ham muhim, deydi ular.
G’azni viloyati sobiq hokimi Shir Xosti qurolli kuchlar safida pashtular kam, qo’mondonlar esa asosan shimoldan, deydi.
Siyosiy tahlilchi Xolid Maftunning aytishicha, Afg’oniston xavfsizlik kuchlari, mudofaa va ichki ishlar vazirliklarida muayyan siyosiy va etnik guruhlarga imtiyoz bor.
Xalqaro qo’shinlar ketgach, bu hol elatlararo adovatda aks etishi aniq, deydi u.
“AQSh askarlari Afg’onistondan ketsa, mahalliy armiya qulaydi. Bir hafta emas, bir oyda bo’lar bu ish. O’rnini kim bosadi? Tolibon-da!” - deydi u.
Maftun so’zlariga ko’ra, koalitsiya ketishi munosabati bilan mayda jangchi guruhlar qurol-aslaha to’plashga kirishgani rost. 30 yildan oshibdiki, urush domida yashayotgan, afyun savdosi gullab-yashnagan davlatda quroldan ko’pi yo’q, deydi u.
Your browser doesn’t support HTML5

Qaysidir qo’mondonlar shimoldan bo’lsa, hozirdanoq shimol tomonda ko’proq qurol-aslaha jamlashga o’tgan.