Afg'oniston Tolibonining rahbari yaralangan, taqdiri noma'lum

  • Amerika Ovozi

Mulla Axtar Mansur, Afg'oniston Toliboni rahbari

Afg'on rasmiylariga ko'ra, ikki kun oldin otishmada Tolibon rahbari Mulla Axtar Mansur yaralangan. Afg'oniston Birinchi vitse-prezidenti Abdul Rashid Do'stumning matbuot kotibi Sulton Fayzining aytishicha, Mulla Mansur yaralaridan o'lgan.

Voqea qo'shni Pokistonda, Kvetta shahrida sodir bo'lgani aytilmoqda.

Tolibon harakati rahbarining o'lgani haqidagi da'volarni inkor etib, afg'on razvedkasi bunday mish-mishlar bilan guruhni bo'lib qo'yishga harakat qilayotganini bildiradi.

Afg'oniston Bosh vaziri Abdulla Abdullaga ko'ra, Mansur yaralangan, ammo uning ahvoli haqida ma'lumot yo'q.

"Tirikmi, o'likmi, bilmaymiz", - dedi Abdulla.

Agar Mansurning halok bo'lgani tasdiqlansa, Tolibon ichida hokimiyat uchun kurash avj oladi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Kvettadagi mojarodan xabari yo'qligini bildirdi.

Iyul oyida Tolibon uzoq yillik yetakchisi Mulla Muhammad Umarning ancha oldin o'lganini ham inkor etgan edi. Xabarlarga qaraganda, Mulla Umarning o'lgani ikki yildan so'ng ayon bo'ldi. Bu esa harakatning yetakchi a'zolari o'rtasida nizoga, hokimiyat uchun ichki kurashga sabab bo'ldi.