Obama Afg'onistondagi rejani o'zgartirishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Oq uy, Vashington

Prezident Barak Obama Amerikaning Afg'onistondagi jangovar missiyasini yana bir yilga uzaytirishi mumkin. Yetakchi gazeta "Nyu-York Tayms" bugun bu borada katta maqola chop etdi.

Obama 2015-yildan boshlab AQSh askarlari urushda qatnashmaydi va Afg'oniston xavfsizligini ta'minlash butkul mahalliy armiya zimmasiga o'tadi, deb kelayotgan edi.

Joriy yil oxirigacha xalqaro koalitsiya chiqib ketishi, maxsus amaliyotlar va treninglar uchun Amerika 9800 harbiy qoldirishi rejalangan.

Lekin bugunga kelib, prezident bu rejani biroz o'zgartirish haqida o'ylayotgan bo'lishi mumkin, unga shunday maslahat berishmoqda, deya yozadi "Nyu-York Tayms" gazetasi.

Tolibon hamon pishqirmoqda va unga qarshi kurashni af'gonlarning o'zi eplay olishiga ishonch past, deydi tahlilchilar. Buning ustiga Afg'onistonning yangi rahbari Ashraf G'ani Amerika chiqib ketishini istamaydi va xalqaro koalitsiya ham mamlakatni tark etmasligi kerak deb bot-bot aytgan.