Prezident Barak Obama tomonidan mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan sobiq senator Chak Xeygelning nomzodi Senat tasdig’idan o’tdi. Senatda ovoz berish ikki hafta oldin bo’lishi kerak edi, biroq Xeygelning Yaqin Sharq va AQSh yadro arsenali ko’lamiga doir qarashlarini savol ostiga qo’ygan ba’zi respublikachilar masalaga oydinlik kiritish uchun ovoz berishni kechiktirdi.
Muxolifat nazarida Xeygel Eronga nisbatan yumshoq, Isroilga esa tanqidiy qaraydi. Ayrim qonunchilar Xeygel senator bo’lgan davrda Iroqda qo’shinlar sonini oshirishga qarshi chiqqanidan norozi.
Chak Xeygl yangi lavozimga kirishar ekan, oldida mushkul vazifalar turibdi. Pentagon yangi rahbari xarajatni kesish, qo’shinlarni Afg’onistondan olib chiqish, rasmiy Kobulga dalda berish kabi yumushlarni uddalashi kerak.
Muxolifat nazarida Xeygel Eronga nisbatan yumshoq, Isroilga esa tanqidiy qaraydi. Ayrim qonunchilar Xeygel senator bo’lgan davrda Iroqda qo’shinlar sonini oshirishga qarshi chiqqanidan norozi.
Chak Xeygl yangi lavozimga kirishar ekan, oldida mushkul vazifalar turibdi. Pentagon yangi rahbari xarajatni kesish, qo’shinlarni Afg’onistondan olib chiqish, rasmiy Kobulga dalda berish kabi yumushlarni uddalashi kerak.
Your browser doesn’t support HTML5
Pentagon matbuot kotibi Jorj Littl oldinda qilinadigan ishlar serob, deydi.
Byudjet sekvestri ikki kundan keyin kuchga kirar ekan, kelasi yetti oyda mudofaa sarfiyatlari 46 milliard dollarga kesilishi kutilmoqda.
Yangi vazir AQShning 66 ming askarini Afg’onistondan olib chiqishga ko’z-quloq bo’lishi kerak. Muammo shundaki, qo’shinlar ketar ekan, afg’on mulozimlari orasida o’ziga ishonch, xotirjamlikni ta’minlash ham muhim.
Joriy haftada prezident Hamid Karzay strategik manzil hisoblangan Vardak viloyatiga Amerika maxsus kuchlarini yo’latmaslik haqida qaror chiqardi. Ketidan afg’on zobitlari AQSh harbiylari bilan birgalashib oddiy fuqarolarni qiynoqqa solgani va o’ldirgani haqida shikoyatlar yangradi.
O’tmishda Amerika qo’shinlari sodir etgan jinoyatlar Karzay ma’muriyati va Oq uy o’rtasida bahsga sabab bo’lgani sir emas. Vashingtondagi Brukings tahlil institutida mudofaa bo’yicha ekspert Maykl Oxanlon nazarida afg’on rahbari Amerika bilan hamkorlikni qayta ko’rib chiqayapti.
“Karzay urush strategiyasiga to’liq ishonmasligi ko’rinib turibdi. Anchadan beri ikkilanib qolgan. Chunki bu qurolli mojaro afg’onlarning ham, bizning ham sillamizni quritdi. Urushni deb shunga chidash, jinoyatlarga ko’z yumish to’g’rimi, deb o’ylanib qolgan Karzay”, - deydi Oxanlon.
Bu orada, Amerika zobitlari xavfsizlikni mahalliy armiya zimmasiga topshirish, ularning malakasini oshirish bilan mashg’ul. Shunday ekan, Mudofaa vaziri Chak Xeygl oldida hozir turgan ustuvor vazifa – koalitsiya ketsa nima bo’ladi deya xavotir olayotgan afg’on ahlini tinchlantirishdan iborat.
Your browser doesn’t support HTML5