Kobulda yana portlash, Tolibon bilan otishma

  • Amerika Ovozi
Juma kechasi Kobulda yuz bergan portlashda to’rt kishi o’lgan, o’nlab odam jarohatlangan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 25-may, 2013


Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohi yonidagi mehmonxona nishonga olingan.

Tolibon u yerda o’zini portlatgan shaxs uning odami ekanini tan olmoqda.

Jangarilar bilan otishmada bir politsiyachi o’lgan. Uch tolib ham yo’q qilindi, deya bildiradi afg’on politsiya boshlig’i.

16-may kuni Kobulda ro’y bergan xurujda 15 kishi nobud bo’lgan, jumladan olti amerikalik va to’qqiz mahalliy fuqaro. O’lganlardan ikkisi askarlar edi.