Voqea Nangarhor viloyatida, injenerlar ishga ketayotgan payt ro’y bergan. Hilmand viloyatida esa toliblar hokimning idorasiga hujum qildi.
Afg’oniston sharqidagi portlashda turkiyalik uch muhandis halok bo’lgan. Voqea Nangarhor viloyatida, injenerlar ishga ketayotgan payt ro’y bergan.
Viloyat rasmiysi Ahmad Ziyo Abdulzayning aytishicha, mashinasiga bomba joylagan shaxs ishchilarning avtobusi yonida o’zini portlatgan.
Xuruj kimning ishi ekani hali ma’lum emas. Muhandislar Behsud tumanidagi loyihada band bo’lgan.
Shuningdek, bugun Hilmand viloyatida toliblar hokimning idorasiga hujum qilib, kamida uch odamni, jumladan, ikki politsiyachini o’ldirgan.
Toliblar 14-iyunda prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi oldidan aholini saylovga chiqmaslik haqida ogohlantirmoqda. Jangarilar bugun tarqatgan bayonotida hujumlarga zo’r berishini aytgan.
Kelasi hafta saylovda dastlabki bosqichda eng ko’p ovoz olgan ikki nomzod, sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla va Jahon Banki sobiq rasmiysi Ashraf G’ani kuch sinashadi.