Indoneziya qutqaruv xizmati yakshanba kuni g'oyib bo'lgan "AirAsia" samolyotini nihoyat qidirib topgan. Yava dengizidan kamida 40 odamning jasadi olib chiqildi, deydi rasmiylar.
Qidiruv ishlari xalqaro darajada olib borilayapti. Amerikaning harbiy dengiz floti ham o'z kemasini safarbar etgan.
Mahalliy televideniyeda samolyot qoldiqlari ko'rsatilgani ortidan Aerobusning bortida bo'lgan 162 odamning yaqinlari motamda.
Samolyotda Indoneziyaning 149 fuqarosi, janubiy koreyalik uch fuqaro, shuningdek, Britaniya, Malayziya va singapurlik yo'lovchi bor edi. Ekipaj tarkibida indoneziyalik olti shaxs va fransuz uchuvchi bo'lgan.
Aerobus yakshanba kuni Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga uchayotgan edi. Yarim yo'lda layner bilan aloqa uzilgan.
Samolyot Malayziyada asoslangan va arzon chiptalar taklif qilgan "AirAsia" kompaniyasiga qarashli edi.