Qirg'izistonda jurnalist Alisher Soipov xotirlanmoqda

Alisher Soipov farzandi bilan

Bundan 10 yil muqaddam, 2007-yilning 24-oktabr kuni Qirg’izistonning O’sh shahrida mahalliy “Siyosat” gazetasining muharriri, “Amerika Ovozi”ning yosh hamkori Alisher Soipov qotil o'qidan halok bo’lgan edi.

Iste’dodli, mehri daryo, jasur bu inson uni bilgan, bilmasa-da, u haqda eshitgan-uqqan ko’plab odamlar yodida qoldi.

Shu kunlarda u voyaga yetgan mahallada xotira tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

Jurnalist Alisher Soipovning uy-muzeyi ochildi

Shu munosabat bilan Alisherning onasi Zaynabxon opa va uning yaqinda 10 yoshni qarshi olgan qizalog’i Zulayhoni suhbatga tortdik.

Xotira tadbirlari davomida Alisher Soipovning uy-muzeyi ochildi. Ushbu manzil aynan onaizor va jurnalist ukalarining g’ayrat-shijoati mahsuli.

Xonadon boshlig’i Avaz aka farzand dog’ida dardga chalinib, to’shakka mixlanib qolgan. Mushtipar ona, sadoqatli yor Zaynab opaning irodasi, mehr-muhabbati, sabr-qanoati ta’zimga loyiq.

Suhbatimizni quyida tinglang.