Amerikaliklar iqlimdagi o’zgarishlar va atrof-muhit haqida gaplashishni yaxshi ko’radi. Munozara bu jamiyatda oddiy hol. Oxir-oqibat hamma gap iqtisodga borib taqaladi. Shimoliy Karolina shtatida muqobil quvvat ishlab chiqaruvchi kompaniyadamiz. Yadkin daryosi bo’yida joylashgan. Atrof yozu qish ko’m-ko’k, shabada tinmaydi, aholi ko’p emas.
Bir paytlar bu yer ko’mir sanoatining bir qismi edi. Konlar, zavodlar, minglab ishchilar. Hozir ulardan birortasi qolmagan. O’sha zamonlarga xos manzara qoldiqlarini ko’rasiz. Ularning o’rnini yangi sanoatlar egallagan. Eski zavodlar endi yangicha kompaniyalar. Masalan “Duke Energy” firmasini olaylik. Tabiiy gaz, shamol va oftobdan olingan energiya ta’minotchisi.
Yetakchi muhandis Bill Uilson sanoat kun sayin o’zgarmoqda, deydi.
"Tabiiy gaz ko’mirdan bir necha bor arzon. Muqobil quvvat ham arzon”.
2015-yilda Amerikada ko’mir va tabiiy gazdan foydalanish 33 foiz, jami 66 foizni tashkil etgan. Qolgan manbalar muqobil energiya deb ataladi.
Azaldan ko’mirga tayangan sanoatlar endi butun tizimni yangilab, gaz va boshqa manbaga asoslangan texnologiyaga o’tmoqda. Toza va arzon, deya eslatadi rahbariyat.
Your browser doesn’t support HTML5
“American Electric Power” kompaniyasi vakili Rikki Chaffin deydiki:
"Ko’mirning ishi ko’p bo’lardi. Changda ishlardingiz. Uni tashish qimmat edi. Hozir katta pulni ayayapmiz. Tabiiy gazda ishlash, sizga aytsam, ming chandon oson va arzon”.
AQSh hukumati taxminicha 2017-yildan boshlab mamlakatda elektr toki asosan tabiiy gaz va muqobil manbalardan olinsa ajabmas.
Ish kuchiga talab ozaygan. “American Electric Power” kompaniyasida bir bo’limda 182 kishi ishlar edi. Hozir atigi 46 xodim bor.
“Duke Energy” 156 gektarlik maydonda yangi majmua bunyod etish uchun yaqinda 500 odam yolladi.
Quyosh nuridan energiya olish sanoatida o’tgan yili ish o’rni 20 foizga kengaygan.
Ishchilar 663,800 ta panel o’rnatmoqda. Shimoliy Karolina shtatidagi eng yirik kompleks shu yerda bo’ladi. Hududda hozir 1,9 gigavatt energiya ishlab chiqariladi.
“Duke Energy” Amerika bo’ylab 50 yangi loyiha boshlamoqda, 20 hududda yangi panellar ishga solinadi.
2015-yilda Amerikada quvvatning 13 foizi muqobil manbalardan kelgan - suv, shamol, biomassa va quyoshdan.