Qo'shma Shtatlar O'zbekistonda huquq faoli Yelena Urlayeva yaqinda hibsga olinib, tahqirlangani haqidagi xabarlardan tashvishda. AQShning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi elchisi Daniel Ber (Daniel Baer) respublika hukumatini voqeani izchil tergov qilishga undadi.
Urlayeva 31-may kuni Chinozda huquqiy ahvol yuzasidan tekshiruv o'tkazayotib ushlangan, huquq-tartibot xodimlari unga doir beri holsizlantirgan. Yonida rasmlar, dalillar qidirilib, rentgen qilingan.
Diplomat huquq faoli, to'qqiz yil qamoqdan o'tirib, yaqinda chiqishi kutilgan A'zam Farmonov ishini alohida tilga oldi. Farmonov qamoq qoidalarini buzganlikda ayblanib, yaqinda yana besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Elchi Ber Farmonovni darhol ozod etishga udamoqda.
Har ikki ish O'zbekistonda huquqiy ahvol og'ir ekanidan, huquq himoyachilari xavfli sharoitda ishlashga majbur ekanidan dalolat beradi, deydi diplomat. Urlayeva ham, Farmonov ham inson huquqlari himoyasi bilan shug'ullangan, dehqonlar, fermerlar huquqlarini mudofaa qilgan.
"O'zbekiston hukumatini faollar erkin ishlashiga, ularni tahqirlash va qamashlarni bas qilishga undaymiz", - deydi u.
Vashington respublikani xalqaro majburiyatlarini ado etib, o'z fuqarolari huquqlarini ta'minlashga undamoqda.
Eslatib o'tamiz, elchi Ber O'zbekistonda 30-mart kuni o'tgan prezident saylovlarini nodemokratik va adolatsiz deya tanqid qilib chiqqan edi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining cheklangan missiyasi jarayonni kuzatgan va o'z xulosasida Islom Karimovning to'rtinchi bor prezidentlikka saylanishini mamlakat bosh qomusiga zid harakat deb baholagan edi. AQSh diplomati bu hisobotni quvvatlab, O'zbekiston hukumatini demokratik qadam tashlab, inson huquqlarini e'zozlashga, nomiga saylov o'tkazmay, fuqaroga real tanlov imkoniyatini berishga chaqirgan edi.
Your browser doesn’t support HTML5