Amerika elchisi O'zbekiston xalqini qutladi

  • Amerika Ovozi

Elchi Jorj Krol

Elchi Jorj Krol Qo'shma Shtatlar nomidan O'zbekiston xalqini yangi yil bilan muborakbod etdi.

Joriy 2013-yilda O'zbekiston va Amerika aloqalarini mustahkamlash, qamrovini oshirish yo'lida ishlashda davom etdik, dedi diplomat video-murojaatida.

Yaqinda Vashingtonda o'tgan yillik qo'shma maslahat kengashida o'zaro hurmat, murosa kayfiyati hukmron edi. Tomonlar savdo-iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, ijtimoiy hayot, hukumat va xavfsizlik bilan bog'liq muammolar haqida gaplasha oldi.

O'zbekiston bilan muhim hamkorlikni davom ettirish niyatimiz qat'iy, dedi elchi Krol.

Birgalikda yaqindan ishlab har ikki davlat uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni ochishimiz aniq, dedi u.

Jorj Krol O'zbekiston ahlini qutlab, oilalarda tinchlik, baraka, sog'lik va baxt tiladi. 2014-yil muvaffaqiyatli o'tishiga umid bildirdi.

"Yangi yilingiz muborak bo’lsin!" - dedi AQSh elchisi tabrigini yakunlar ekan.

Murojaatni tomosha qiling (ingliz tilida):