Din

Amerikada musulmonlar va arablarga nisbatan fikr ijobiylashgan

  • Amerika Ovozi

Ko'plab amerikaliklar nazarida Prezident Tramp musulmonlardan xavfsirab vijdonan ish tutmayapti.

Aram Amerika instituti o'tkazgan ommaviy so'rov natijalariga ko'ra, Qo'shma Shtatlar bo'ylab arablar va umuman musulmonlarga nisbatan qarash ijobiylashgan.

O'tgan 10 yil davomida bu qadar umidbaxsh fikrlash kuzatilmagan edi.

Shtatma-shtat olib borilgan izlanishda odamlardan irq, din, siyosat, iqtisod, madaniyat va ta'sir haqida so'ralgan.

Arab amerikaliklarni respondentlarning 52 foizi ijobiy tilga olgan, musulmonlarni quvvatlovchilar esa 51 foizni tashkil qilgan. 2015-yilda amerikaliklarning atigi 40 foizi arablarni yoqtirgan bo'lsa, 33 foizi musulmonlardan xavfsiramagan.

Arablar va musulmonlar haqidagi bilim darajasi ham oshgan. Ular haqida tasavvurga ega ekanini ko'rsata olgan respondentlar ko'pchilikni tashkil etgan.

Oq uy oldida namoyish: musulmonlar Amerikaga bemalol kirib chiqaversin, deydi ko'plab amerikaliklar

Prezident Donald Tramp, respublikachi rahbar, musulmon davlatlardan Amerikaga kelishni cheklash kerak deb keladi. Oliy sud uning bu haqdagi farmonini ma'qullagan. O'zini demokrat deb biladigan amerikaliklarning aksariyati bunga qarshi. Respublikachilar esa prezident tomonda.

So'ralganlarning 59 foizi diskriminatsiyaga qarshi, ya'ni odamlarni ko'rinishiga qarab ajratish yoki tekshirishni qoralagan.

Aksariyat respondentlar nazarida musulmonlar jamiyatda tahdid sifatida qaraladi va buni tuzatish lozim.

Demokratlarning 68 foizi musulmonlar ko'proq nafratga uchraydi deb hisoblasa, respublikachilarning faqat 28 foizi shu fikrda.