General Kelli: Jangarilar Janubiy Amerikadan odam yollayapti

  • Amerika Ovozi

AQSh generali Jon Kellining ogohlantirishicha, "Islomiy davlat" jangarilari Janubiy Amerikada ham hujumlar sodir etishi mumkin.

AQSh generalining ogohlantirishicha, "Islomiy davlat" jangarilari Janubiy Amerikada ham hujumlar sodir etishi mumkin.

General Jon Kelli Kapitoliyda qonunchilar oldida so'zladi. Uning aytishicha, Janubiy Amerikadan taxminan 100 kishi Suriyaga jo'nab ketgan va u yerda jangarilar mashqidan o'tmoqda.

Suriyada chog'ida ular odam o'ldirish, portlashlar sodir etish, kalla kesishlarni o'rganayotgan bo'lishi mumkin, deydi general. Bu odamlar uyga qaytsa nima bo'ladi, deya ogohlantiradi u.

Ba'zilari Yamayka, Trinidad va Tobago, Surinam va Venesueladan ekani ma'lum.

Yuz kishi ko'p tuyulmasligi mumkin, deydi Jon Kelli. Biroq ularning vatanlari bu kabi tahdid bilan yuzlashib ko'rmagan va eplay olmasligi ehtimoldan xoli emas. "Islomiy davlat" to'dasining tayyorgarligidan o'tgan bu odamlar chegarani kesib AQShga kelishi mumkin.

General Kelli mintaqadagi davlatlarni xavfsizlik borasida hamkorlikni oshirishga, razvedka idoralari o'rtasida axborot almashinuvini yaxshilashga chaqiradi.