Din

Masjidlarga yordam beruvchi ilovalar

  • Amerika Ovozi

Ramazon oyida Amerikada ko’p masjidlar ochiq, ammo ba’zilarida cheklovlar mavjud. Natijada hamma ham masjidda ibodat qila olmaydi. Biroq smartfonlar uchun ishlab chiqarilgan yangi ilova bu muammoga yechim bo’la oladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Masjidlarga yordam beruvchi ilovalar

"Ikki mahal namoz tashkil etganmiz. Birinchisi hufton namozidan keyin bo’lsa, ikkinchisi kech soat 11 da”, - deydi Vashington shtatining Redmond shahridagi masjid imomi Muhammad Joban.

Masjidlar texnologiyalardan faol foydalanmoqda, masalan, namozga yozilish masalasida.

"Hozir 20 foizga ruxsat berilgan, xolos. Insholloh, masjidimiz katta, ming kishini sig’diradi. Hozir har namoz uchun 200 tagacha odamni kiritamiz. Internetda birinchi bo’lib yozilganlarni”, - deydi imom.

Musulmonlar buning uchun “Smart Jamaat” degan ilovadan foydalanadi. Uni IBM kompaniyasining sobiq dasturchisi ishlab chiqargan. Ilova orqali ro’yxatdan o’tgan masjidlarda odamlar sonini ko’rsa bo’ladi, biror o’zgarish bo’lsa, yuzerlar xabardor etiladi.

"Bunday ilovalarni yaratib, ommaga bepul taklif etishni niyat qildik. Shunda masjidlar o’z resurslarini ishga solib o’tirmaydi”, - deydi “SMART Jamaat” muallifi Zokir Shayx.

Ilovalar bozorida “Masjid” degan ilova ham bor. Har ikki ilova pandemiya paytida ishlangan bo’lib, ulardan maqsad masjidlar ahli xavfsizligi va salomatligini ta’minlash edi. Biroq hozir ulardan taroveh namozlarini tashkillashtirishda foydalanilmoqda.

"Har bir odam ilovani telefoniga yuklab, u orqali yaqin atrofdagi masjidlarni topishi mumkin”, - deydi “Masjid” ilovasi developeri Xolid Mahmud.

Bunday texnologiyalar musulmonlarga namozni ado etishga imkon berish bilan birga ularni koronavirusdan himoya qilishda ham yordam beradi.