Amerikalik buyuk san'atkor hayotdan ko'z yumdi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Dunyo bo’ylab millionlab qalblardan joy olgan, turli davlat va san’at unvonlari sovrindori amerikalik buyuk xonanda Arita Franklin 76 yoshida vafot etdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikalik buyuk xonanda Arita Franklin vafot etdi

​Nufuzli “Gremmi” mukofotiga 18 marta sazovor b’olgan san’atkor ilk bor bu mukofotni 1967 yilda, “Hurmat” (“Respect”) deb nomlangan qo’shig’i uchun olgan.

Chuqur ma’noga ega qo’shiq nafaqat muvaffaqiyat keltirgan, ayollar madhiyasiga ham aylangan.

“Har bir odam hurmat ko’rishni xohlaydi, hurmat katta-kichik, yoshu-qariga kerak. Erkak, ayol, hammamiz hurmatli, qadrli bo’lishni istaymiz. Bu tushuncha oldin qanday ma’no bergan bo’lsa, men uchun hali ham o’zgargani yo’q”, - degan edi u.

Bu qo’shiq hissi deyarli 60 yilga yaqin ustoz san’atkorlar, taniqli shaxslar, prezidentlar yuragini titratgan, minglab san’at shaydolari qalbidan joy olgan.

Qator mukofotlarga erishgan Arita Franklin 52 yoshida nufuzli Kennedi markazi faxriy mukofotiga sazovor deb topilgan. U 14 nafar afsonaviy amerika qahramonlari qatorida, 2005-yilda “Prezidentning ozodlik medali” sovrindori bo’lgan.

Prezident Bush “Prezidentning ozodlik medali”ni taqdim etmoqda.

Franklin eng katta sahnalarda kuylardi. 2009-yilgi Prezident Barak Obama inauguratsiyasi ulardan biri.

“Musiqa uchun yaratilganman. Borlig’im san’at. Bir umr musiqa deb nafas oldim, yana kuylayman. Nima eshitishni istaysiz? Aytib beraman”, - degan edi Arita Franklin.

Pop va jazz janrida kuylagan “Ko’ngil qirolichasi” uzoq yillik oshqozon osti bezi saratonidan uyida, Michigan shtati, Detroit shahrida hayotdan ko’z yumdi.

Amerikalik xonanda Arita Franklin vafot etdi