Armaniston muxolifati yetakchisi Nikol Pashinyanning bosh vazirlikka nomzodi parlament tasdig’idan o’tmagach, u o’z tarafdorlarini itoatsizlik kampanyasiga chaqirdi.
Parlamentdagi 100 deputatdan 55 tasi Pashinyanga qarshi ovoz berdi, bir necha soat davom etgan muhokamalar hukmron Respublikachilar partiyasi a’zolarini unga ovoz berishga unday olmadi.
Ovoz berishdan so’ng bo’lib o’tgan namoyishda Pashinyan tarafdorlarini bo’sh kelmaslikka chaqirdi.
“Oxirigacha kurashamiz, biz g’olib millatmiz”, - deydi o’qituvchi Violetta Dargiyan.
“Nikol Pashinyan oldida ko’p ishlar turibdi. Ba’zi qonunchilar unga bu ishlarni amalga oshirishda to’siq bo’lolmaydi. Respublikachilar partiyasi hokimiyatdan ketishi kerak”, - deydi Vigen ismli ishsiz bir odam.
Pashinyan uyushtirgan ommaviy namoyishlar natijasida 23-aprel kuni Respublikachilar partiyasining sardori, sobiq prezident Serj Sarkisyan bosh vazirlikdan ketishga majbur bo’ldi.
Pashinyanning aytishicha, u mamlakatda korrupsiyani yenga oladigan, qashshoqlikka barham bera oladigan, erkin va halol saylovlar tashkil eta oladigan bosh vazirlikka yagona nomzoddir.
Muxolifat lideri tarafdorlarini ish tashlashga, katta yo’llarni to’sishga chaqirdi. Bugun poytaxt Yerevanda asosiy aeroportga yetaklovchi yo’l to’silgan. Boshqa shaharlarda ham namoyishlar bo’lmoqda.