ASEAN rahbarlari onlayn sammit qilib, koronavirusga qarshi hamkorlik haqida gaplashdi

  • Amerika Ovozi

Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi - ASEAN ga a’zo mamlakatlar rahbarlari onlayn shaklda o’tgan maxsus sammitda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralarini, sog’liqni saqlash va iqtisodiy sohalarda hamkorlikni muhokama qildi.

Tashkilotga raislik qilayotgan Vyetnam Bosh vaziri Nguyen Suan Fukning aytishicha, pandemiya a’zo mamlakatlarda ijtimoiy va iqtisodiy zararga sabab bo’ldi, ASEAN yalpi ichki mahsulotining 30 foizini tashkil etuvchi xizmat ko’rsatish sohasiga ayniqsa og’ir bo’ldi.

Uyushmaga a’zo 10 mamlakatda jami 20 mingdan ortiq virus yuqtirish holatlari qayd etilgan, 800 odam o’lgan.

Uyushma a’zolari Xitoy, Januby Koreya va Yaponiya rahbarlari bilan ham onlayn muloqot qilmoqchi.

Vyetnamda karantin 15-aprelgacha joriy etilgan, biroq yirik shaharlar hokimlari hukumatdan uni uzaytirishni so’ragan.

Singapur va Malayziya ko’chalari ancha huvillab qolgan. Malayziyada karantin aprel oxirigacha uzaytirilgan.

ASEANga a’zo Indoneziyada qattiq choralar ko’rilganiga qaramay, kasallanganlar 4800 dan oshgan, o’lganlar esa 459 ta – Osiyoda Xitoydan keyin ikkinchi ko’rsatkich.