AQSh mudofaa vaziri Chak Xeygel Bruneyda o’tayotgan ASEAN mudofaa vazirlari majlisida so’zlab, dengizdagi hududiy munozaralar sabab mintaqada ziddiyatlar kuchayayotganidan tashvish bildirdi.
Pentagon rahbariga ko’ra, ayrim davlatlarning bu boradagi siyosati samara bermayapti, to’qnashuv ehtimolini kuchaytirib, regional barqarorlikka tahdid solmoqda, muammoni diplomatik yo’l bilan hal qilish imkoniyatlarini so’ndirmoqda.
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasiga a’zo bir necha davlat Xitoyni energiya zaxiralariga boy hududga o’z da’vosini harbiy yo’l bilan himoya qilayotganlikda ayblab keladi.
Qo’shma Shtatlar bu bahsda hech kimning yonini olmayotganini aytgan, biroq so’nggi paytda mintaqadagi ayrim davlatlar, xususan Vyetnam va Filippin bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirgan.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yining majlisda aytishicha, Janubiy Xitoy dengizida vaziyat barqaror, harakatlanishga to’siq yo’q.