Osiyo davlatlari bo'ylab qonli voqealar

  • Amerika Ovozi

Bangladeshda yaqinlari to'fon ostida qolib o'lgan onalar


Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 23-mart, 2013


TAILAND

Tailand shimolida birmalik qochqinlar yashaydigan lagerda yong’in chiqib, 30 kishi o’lgan, 200 ga yaqin odam jarohatlangan.

Lagerdagi tibbiy markaz va oziq-ovqat tarqatadigan joy vayron bo’lgan. 100 dan ortiq chodirlar, vaqtincha qurilgan xonalar kuyib kul bo’lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vaziyatni fojia deb atab, zarur yordam ko’rsatishini bildirmoqda. Tailand hukumati ham ko’makni oshirgan.

Birmadagi etnik mojarolar sabab 1992-yilda Tailandga minglab fuqarolar qochib chiqqan. Bugungi kunda bu lagerlarda ularning 3500 ga yaqini qolgan.

INDONEZIYA

Indoneziyaning Yava orolida qurollangan to’da qamoqxonaga bostirib kirib, to’rt mahbusni qatl etgan.

Rasmiylarning aytishicha, bosqinchilar 17 kishidan iborat bo’lgan va ular maxsus tayyorgarlikdan o’tgan odamlar. Ular aynan o’z sherigini o’ldirganlikda ayblanib, qamoqqa olingan shaxslarni nishonga olgan.

Mahalliy politsiya voqeani tergov qilar ekan, to’da vakillari Indoneziyaning eng kuchli qurollangan va chiniqqan Kopassus guruhi a’zolari ekanini bayon qilmoqda. Lekin hukumat buni tan olmayapti. Davlat iznidagi kuchlar hech qachon qamoqxonaga bunday hujum qilmaydi, deydi Djoko Suyanto, huquq-tartibot va xavfsizlik bo’yicha vazirlik rasmiysi.

Lekin kuzatuvchilar nazarida sherigi o’ldirilganidan g’azablangan zobitlar sud va adliyani kutmay gumon qilingan shaxslarni o’zlari yo’q qilishga qaror qilgan bo’lishi mumkin.

BIRMA

Birmada buddistlar va musulmonlar orasida qonli to’qnashuvlar katta bir shaharni vayronaga aylantirib, bugun u yerni armiya nazorat qilmoqda.

Naypidav viloyatining ma’muriy markazi Mextila yaqingacha tinch bir shahar edi. Musulmon do’kondor va buddist xaridor orasidagi bahs ko’chaga chiqib, zo’ravonlik tusini olgan va juma kunigacha bir necha mahallaga o’t qo’yilgan, masjidlar yonib tushgan, buddist va musulmon to’dalar ko’chalarni kezib, qarshi tomonni qirgan. Vahshiy jinoyatlar yuz bergani kuzatiladi.

Birma prezidenti Teyn Sheyn favqulodda holat e’lon qilib, qurolli kuchlarni safarbar etgan.

Mamlakatda ikki din vakillari orasidagi mojaro o’tgan bi yil ichida 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo’ldi. 100 mingdan oshiq fuqaro uy-joysiz qoldi. Rakxayn viloyatida asosan ko’plab musulmonlar yashaydi va u yer mojaro nutqasi bo’lib qolmoqda.

BANGLADESH

Bangladesh sahrqi bugun to'fon ostida qolib, 20 kishi nobud bo'lgan. 200 kishi jarohatlangan. Yuzlab xonadonlar va bizneslar vayron; energetik ta'minot tizimlari yer bilan yakson.