Amerikadagi vatandoshlar, bu yerda bilim olib, turli sohalarda ishlab yurgan, o’z o’rnini topgan, shu bilan birga ona yurti ravnaqi uchun ham jon kuydirib, kasbiy faoliyati, moliyaviy va boshqa imkoniyatlari orqali yordam berib kelayotgan insonlar haqida hikoya qilib turamiz. Bugungi suhbatdoshimiz - Askarali Karimov, Texas shtatidan. Texas A&M, Texas Qishloq xo’jaligi va mexanizatsiya universitetida 2016-yilda texnika fanlari doktori degan unvon olgan.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanidan chiqqan yigit 1999-yilda Toshkent Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlar institutini tamomlagan. 2004-yilda esa AQShning Indiana shtatidan magistrlik diplomini qo'lga kiritgan.
2017-yilning sentabrida O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka safar qilganida, 18 vatandosh bilan uchrashgan. Askarali ular orasida edi. Prezident o'shanda bu mutaxassisni "samolyotda vatanga olib ketishiga sal qolgan".
Askarali nima uchun aynan qishloq xo'jaligi va irrigatsiya sohasini tanlagan?
Prezident bilan uchrashuvga qanday tanlanganini biladimi?
Vatanga qaytishga tayyormi?
O’zgarishlar davri kelganini nimalarga qarab bilayapti? O’zgarish, islohot deganda nimani tushunadi?
O’zbekistonga hozir qanday mutaxassislar kerak?
Hukumat, xususan prezident, chet eldagi o’zbek mutaxassislaridan buyuk ishlar kutayapti. Real qaraydigan bo’lsak, xalq nimani kuta oladi? Nimaga qodir bu mutaxassislar? Va nimalarni kutmaslik kerak?
Amerikada o’zlashtirgan bilim, orttirilgan malakadan kelib chiqib, nimalar qilish mumkin?
Vatandoshlar vatanga qaytishi uchun qanday shartlar qo’ymoqda?
Your browser doesn’t support HTML5