Suriya rahbari Bashar Assad Britaniyaning “Sandi Tayms” gazetasiga bergan intervyuda “muxolifat bilan muzokaraga tayyorman, ammo prezidentlikdan ketmayman” dedi.
Assadning aytishicha, Suriya mojarosi va uning prezidentligi o’rtasida hech qanday bog’liqlik yo’q. Undan oldin Liviya, Yaman va Misrda bo’lgan voqealar bunga dalil, dedi Assad.
"Kimki qurolini tashlasa, qurolli terror emas, siyosiy muloqot yo’lidan borsa, o’sha bilan gaplashishga tayyormiz", - dedi u.
Suriya rahbari Britaniyani isyonchilarni harbiy anjomlar bilan ta’minlab, mojaroni kuchaytirishni istayotganlikda aybladi.
"O’t qo’ygan odam qanday qilib o’t o’chiruvchi bo’lishi mumkin, isyonchilarni qo’llab-quvvatlayotgan Britaniya tinchlik jarayonida qanday qilib vositachi bo’lishi mumkin", - deydi Assad.
Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkilotining bildirishicha, Suriya hukumatiga qarashli samolyotlar kecha Halab shahrini BMT tomonidan taqiqlangan kassetali bombalar bilan o’qqa tutgan. 19 kishi o’lgan, 60 dan ziyodi jarohat olgan. Suriya 2010-yilda qabul qilingan xalqaro bitimni imzolamagan davlatlardan biri.