Suriya Prezidenti Bashar Assad AQShdan Davlat kotibi Jon Kerrining Suriya hukumati bilan muzokaraga tayyormiz degan gapini amalda isbot etishni so'ramoqda.
"Hozircha bayonotlardan nariga o'tilmayapti. Amaliy ishga qarab qaror chiqaramiz", - dedi Assad.
Kerrining kechagi intervyuda aytishicha, Qo'shma Shtatlar Suriyada hokimiyat o'zgarishini istasa, amaldagi rahbar bilan gaplashishga majbur. To'rt yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushi 200 mingdan ziyod odamning yostig'ini quritdi.
"Hamma mojaroning siyosiy yo'l bilan hal etilishini istaydi. Ittifoqchilarimiz va boshqalar bu borada Assadga kattaroq bosim qo'yadi degan umiddaman", - dedi Kerri.