Bahraynda hukumatni yarim asr boshqargan arbob vafot etdi

  • Amerika Ovozi

Bahrain's Prime Minister Prince Khalifa Bin Salman al-Khalifa

Bahrayn qirolligi Bosh vazir Shayx Xalifa bin Salmon al-Xalifaning vafot etganini ma’lum qildi. Arbob 84 yoshda edi. Shahzoda Xalifa mamlakat 1971-yilda Britaniyadan mustaqillikka erishganidan beri hukumatni boshqarib kelgan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 11-noyabr, 2020-yil

Bahrayn bosh vaziri AQShdagi kasalxonada olamdan o’tdi.

Salkam yarim asr hukumatni boshqargan arbob mintaqada siyosiy o’zgarishlarga olib kelgan “Arab bahori” harakatining ashaddiy tanqidchilaridan bo’lib, arablar inqiloblar natijasida o’lim, vayronagarchilik, tartibsizliklarga yuz tutganini aytgan.

Shayx Xalifa Eronning ham tanqidchisi bo’lgan, Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni kuchaytirish tarafdori edi.

Bahrayndagi shia muxolifati asosan sunniylar yashovchi mamlakatda Xalifani islohotlarga katta to’siq deb bilgan. Marhum ko’cha namoyishlariga qarshi bo’lgan, minglab muxolif faollarning qamalishiga sabab bo’lgan.

Mamlakatda bir haftalik motam e’lon qilindi.