Bahraynda namoyishlar, o’lganlar bor

  • Amerika Ovozi
Bahrayn rasmiylarining aytishicha, namoyishlar tinmayotgan poytaxt Manamada qo’lbola bomba portlab, politsiyachi halok bo’lgan.

Kecha shahar chekkasida huquq-tartibot xodimlari namoyishchilarga qarata o’t ochib, o’smir bolani o’ldirgan edi.

Ikki yil oldin mamlakatda sunniy rahbariyatga qarshi g’alayon boshlanib, shia muxolifat monarxiyani tugatishni, shialarni kamsitish hollariga chek qo’yishni talab qilgan edi.

Oppozitsiya shu kunlarda g’alayonni qayta jonlantirishga urinayapti va kecha xalqni bir ovozdan ish tashlashga undagan.

Poytaxt tevaragida bugun ham politsiya va shia namoyishchilar o’rtasida to’qnashuvlar tinmayapti.

Bahrayn hukumati 2011-yilning martidagi inqilobni ayovsiz bostirib, qo’shni davlatlardan harbiy yordam olgan edi. G’alayon 55 odamni hayotdan olib ketgan.