Vazifa Bahrayn qurolli kuchlari qo'mondoniga yuklangan.
Namoyishlar tinmayotgan Bahraynda qirol uch oyga favqulodda holat e'lon qilgan. Vazifa Bahrayn qurolli kuchlari qo'mondoniga yuklangan.
Bugun poytaxt Manamada aksariyat do'konlar yopiq. Qo'shni Saudiya Arabistonidan ming nafar askar, Birlashgan Arab Amirliklaridan esa 500 politsiyachi Bahrayn kuchlariga madad sifatida mamlakatga kirgan. Ular hukumat idoralarini namoyishchilardan himoya qilishi aytilmoqda.
Aksariyat shialar yashaydigan Bahraynda sunniy sulola hukmron. Shia siyosiy partiyalari qo'shni kuchlarning kirganini "okkupatsiya" deb norozilik bildirmoqda. Shia davlati Eron ham harbiy intervensiyani qoralamoqda.