21-iyunga qadar Boltiq dengizida 18 mamlakat harbiy-dengiz kuchlari qo’shma mashg’ulotlarda qatnashmoqda. 47-yillik Boltiq amaliyotlari harbiy mashqlarida AQShdan yaqinda tuzilgan va o’tgan oy xizmatga kirishgan 2-flot ishtirok etmoqda.
“BALTOPS” – Shimoliy Yevropadagi eng yirik harbiy mashg’ulotlardan – 50 ta kema, ikkita suvosti kemasi, 36 ta samolyot va 8000 dan ortiq matros AQSh vitse-admirali Endryu Lyuis qo’mondonligi ostida turli amaliyotlarni mashq qilmoqda.
Lyuis yangi flotga qo’mondon etib tayinlangan. 2-flotga Shimoliy Atlantika va Arktikani mudofaa qilish vazifasi yuklangan. Harbiy byudjetning qisqarishi flotning 2011-yilda yopilishiga sabab bo’lgan edi. Biroq Rossiya va Xitoy Arktika suvlarida faollashishi ketidan Qo’shma Shtatlar uni jonlantirishga qaror qildi.
“Bunday mashg’ulotlarni rejalash jarayonida Xitoy va Rossiyani aqlimizdan aslo chiqarmaymiz, ularni qanday mag’lub etish haqida o’ylaymiz”, - deydi qo’mondon Tara Golden.
Rossiyaning Shimoliy Atlantikadagi faolligi mintaqa davlatlarini ham xavotirga solmoqda. NATO raqib davlat harakatlariga qarshi turish maqsadida yangi qo’mondonlik tuzgan. Vitse-admiral Lyuis uni ham boshqaradi.
“Mashqlar natijasida olingan tajribamizni salohiyatimizni oshirish uchun qo’llayapmiz”, - deydi NATO qo’mondonlaridan biri, Fransiya aviatsiyasi generali Andre Lanata.