Bangladeshda blogger o'ldirib ketildi

  • Amerika Ovozi

Migrants wait to be rescued as they drift in the Mediterranean Sea some 20 nautical miles north off the coast of Libya.

Diniy fundamentalizmga qarshi qarashlari bilan tanilgan, asli bangladeshlik AQSh fuqarosi, blogger Avijit Roy Bangladesh poytaxti Dakada o'ldirib ketilgan.

U rafiqasi Rafida Ahmed bilan Daka universitetida o'tgan kitob ko'rgazmasidan qaytayotganda bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangan. Rafida Ahmed ham og'ir jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

So'nggi yillarda Bangladeshda erkin fikrlilikni targ'ib etgan ko'plab dunyoviy yozuvchilar turli tazyiqlarga duchor bo'lmoqda.

Bangladeshlik inson huquqlari faoli Adilur Rahman Xon boshqacha fikrlaydiganlarga hujum qiluvchilar jazoga tortilishi kerak, deb ta'kidladi.

2014-yil inson huquqlari bo'yicha Kennedi mukofoti bilan taqdirlangan Xon vaziyat jiddiy tus olganidan xavotirda ekanini bildirdi.

Bangladeshning "The Daily Star" nashriga ko'ra, hujumga guvoh bo'lganlar kelib, blogger va uning rafiqasini qutqarishga urinmagan.

Hujum uchun mas'uliyatni "Ansar Bangla 7" jangari guruhi o'z bo'yniga olgan.

Royning oilasiga ko'ra, radikal islomchi guruhlar so'nggi paytlarda bloggerga qarshi tahdidlarni oshirgan. Roy "Mukto-mona" (Erkin fikr) blogida diniy ekstremizmni qoralab, gumanist g'oyalarni targ'ib etgan.