Afg’onistonda Tolibon hukumatida bosh vazir o’rinbosari lavozimini egallab turgan Mulla Abdul G’ani Birodar raqib kuchlar bilan to’qnashuvda yaralangani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Your browser doesn’t support HTML5
"Hammasi yolg’on. Soppa-sog’man. Matbuot ichki nizo haqida gap tarqatgan. Oramizda hech gap yo’q”, - dedi u.
Tolibonga ko’ra, Birodarning yaralangani haqidagi mish-mishlar dushman tashviqotidir. Xabarlarga ko’ra, Birodar tarafdorlari Pokiston bilan chegarada “Haqqoniy” tarmog’i a’zolari bilan to’qnashgan.
Birodar Tolibon asoschilaridan biri bo’lib, 12-sentabr kuni Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon al-Taniy bilan uchrashuvda ko’rinmagan. Birodarga ko’ra, u muloqot paytida safarda bo’lgan.
“Haqqoniy” tarmog’ining rahbari, ayni paytda ichki ishlar vaziri lavozimini bajarayotgan Sirojiddin Haqqoniyning ukasi Anas Haqqoniy ham ichki ziddiyat haqidagi xabarlarni inkor etdi.