Belarusda namoyishlar davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

Minskda ayollar namoyish qilmoqda

Belarusda prezident saylovlari natijalaridan norozi fuqarolar namoyishlari davom etmoqda. Namoyishchilar militsiya zo’ravonligini ham qoralamoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 13-avgust, 2020-yil

“Butunlay davlatga qarshi emasman. Ba’zi narsalarni olqishlayman, ba’zilarini hazm qila olmayman, ammo odamlarga bunday muomala qilishlari to’g’ri emas”, - deydi Nataliya ismli namoyishchilardan biri.

Saylovda g’alaba qozongan Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, jinoiy o’tmishi bor, ishsiz odamlar namoyishlarga rahbarlik qilmoqda.

Muxolifat ovozlar soxtalashtirilganini da’vo qilmoqda.

Poytaxt Minskda shifokorlar va tibbiy xizmatchilar ham namoyishlarga qo’shildi.

“Tinch aholiga qarshi qo’llanayotgan zo’ravonliklarni qoralayman. Shifokor sifatida zo’ravonliklarga tobim yo’q”, - deydi ulardan biri.

Yana bir shifokorning aytishicha, o’zgarishlar tinch yo’l bilan bo’lishi lozim.

“Birdamlik zanjiri” nomini olgan namoyish ishtirokchilari orasida ko’plab ayollar ham bor. Ular qo’lda gul bilan Lukashenkoni hokimiyatdan ketishga chaqirmoqda.

BMTning Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari idorasi ham tinch namoyishchilarga qarshi zo’ravonliklarni qoraladi.

“6000, balki undan ko’p namoyishchilarning hibsga olinganidan xavotirdamiz. Ommaviy hibsga olishlar inson huquqlari haqidagi qonunga xilofdir”, - deydi tashkilot matbuot kotibi Liz Trossel.

Uning aytishicha, namoyishchilarga qarshi rezinali o’q, suv, karaxt qiluvchi granatalar qo’llanmoqda, ularni kaltaklashmoqda.

Trossel hibsdagilarni ozod etib, militsiya vakolatini suiiste’mol qilish holatlarini tergov qilishga chaqirdi.