Rossiya inqirozi sabab Lukashenko hukumatida o'zgarishlar

  • Amerika Ovozi

Putin va Lukashenko

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Bosh vazir Mixail Myasnikovichni ishdan olgan. Uning o'rniga Myasnikovichning o'ng qo'li Andrey Kobyakov tayinlangan.

Rossiyada iqtisodiy inqiroz chuqurlashar ekan, vaziyat tarang. Lukashenko Markaziy bank raisi va yana boshqa bir necha vazirliklarning boshliqlarini yangilagan. Belarus eksport qiladigan mahsulotlarning yarmi Rossiyaga boradi va bu mamlakat iqtisodi federatsiyasinikiga tobe.

Ukrainadagi mojaro sabab G'arb sanksiyalari ostida qolgan Rossiya esa bugungi murakkab ahvol o'tkinchi deya qayd etmoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, mamlakat o'zini eplab ketishga qodir. Amerika, Yevropa Ittifoqi va ularning ittifoqchilari Kremldan Ukraina suverenitetini buzmaslikni talab qilib, yangi cheklovlar qo'yishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.