AQSh Prezidenti Jo Bayden mamlakat yo’llari va ko’priklarini zamonaviylashtirish, internet tezligini oshirish, iqlim o’zgarishiga qarshi texnologiya yaratishga qaratilgan rejasini amalga oshirmoqchi. Biroq 2 trillion dollarlik tashabbus Kongressda qarshilikka uchrashi aniq.
Your browser doesn’t support HTML5
“Bu ishlarni qilishga ehtiyoj va sabrsizlik, har ikki partiya tomonidan qiziqish, nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki buning ketidan ish o’rinlarini yaratishga bel bog’lagan va tashabbusni qo’llab-quvvatlovchi prezident – mana shu omillarning tutashishi uchun yana 50 yil kerak bo’ladi”, - deydi Transport vaziri Pit Butijij.
Prezident toza energiya sohasida ko’plab ish o’rinlarini yaratmoqchi. 2030-yilgacha 500 ming dona elektrik avtomobillar zaryad oluvchi stansiyalar qurish ham rejada bor. Respublikachi qonunchilarga ko’ra, Bayden o’ta katta ishga qo’l urmoqchi.
“Infratuzilma deganda odamlarning hayoliga yo’llar, ko’priklar, portlar, aeroportlar keladi. Biroq bu demokratlar infratuzilma paketi deb atayotgan taklifning o’ta kichik qismini tashkil etadi”, - deydi senator Roy Blant.
Rejani qaysi mablag’ hisobiga amalga oshirish savol ostida. Bayden korporatsiyalarga solinayotgan soliqlarni oshirishga chaqirmoqda, ammo respublikachilar bunga qarshi.
Demokratlar qonun loyihasini bir necha oyda Kongressdan o’tkazishga umid qilmoqda. Agar birorta respublikachi bu taklifni qo’llab-quvvatlamasa, u qonunga aylanishi uchun Kongressdagi barcha demokratlar hujjatga ovoz berishi kerak bo’ladi, bu esa Demokratik partiya uchun yana bir sinov bo’ladi.