AQSh Davlat kotibi muovini Qirg'izistonga otlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Nisha Bisvol AQSh Davlat departamentida Janubiy va Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas'ul

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol kelasi hafta Bishkekda bo'ladi. 8-9 sentabr kunlari diplomat xonim Qirg'iziston hukumati a'zolari, biznes ahli va yoshlar bilan muloqot qiladi.

Davlat departamenti Qirg'iziston janubida inson huquqlari uchun kurashgan Azimjon Asqarovga yuksak mukofot bergach, Bishkek bilan munosabatlar sovuqlashgan.

Qirg'iziston hukumati nazarida militsiyaga nisbatan jinoyat, shuningdek, etnik nafrat qo'zg'atganlikda aybdor deb topilgan Asqarovni qahramon deya siylash AQSh tomonidan katta xato bo'lgan va bu davlatdagi vaziyatni tushunmasligini anglatadi.

Vashington nigohida esa Asqarov huquq, erkinlik va qonun ustuvorligi yo'lida ulkan hissa qo'shgan, nohaq qamalgan va asossiz va adolatsiz sudlangan.

Bishkek hozirda AQSh bilan hamkorlikni cheklagan. Ikki yil oldin harbiy munosabatlarni ham to'xtatgan edi.

Vashington yaqinda Qirg'izistondagi elchisini yangiladi. Bu oydan e'tiboran Shila Gvoltni Biskekda bosh diplomat.

Nisha Bisvol o'z tashrifi mobaynida yuqoridagi barcha masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.